Respublika apparat bo'limlarining tuzilishi

Aloqa


Manzil: 100084 O‘zbеkiston Rеspublikasi,Toshkеnt sh., Amir Tеmur shoh ko‘chasi, 101

Pochta: webmaster@nbu.uz

Ijro nazorati Dеpartamеnti

Dеpartamеnt dirеktori:
Raimbеrgеnov Shanazar Kadirbеrgеnovich

Tel:
(78) 129-01-04
(78) 147-15-04

Vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonlari bilan Bankka ijro muddatlari belgilangan topshiriqlar ijro etilishi bo‘yicha hududlardagi ishlarni muvofiqlashtirish, monitoringini yuritish, ijrosini ta'minlash va ijrosi yuzasidan Bank Boshqaruviga axborot kiritish.

  • Bank Boshqaruvi majlislarini tashkil etish.

  • Bosh Bankda devonxona ishini yuritilishini tashkil qilish.

  • Bank tizimida ijrochilik intizomiga rioya qilinishini nazorat qilish.

  • Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish.

Funksiyalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonlari bilan Bankka ijro muddatlari belgilangan topshiriqlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, filiallarga ijro uchun yetkazish, ijro etilishi monitoringini yuritish va nazorat qilish, ma'lumotlarni to‘plash, tahlil qilish, ijro etilishi yuzasidan tegishli ma'lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, Investisiya va tashqi savdo vazirligi, Bosh Prokuratura, Markaziy bank, Bank Boshqaruvi va boshqa yuqori turuvchi organlarga taqdim qilish.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonlari bilan Bankka berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlashda tashabbuskorlar bilan birga ishlash, bank xizmatlarini ko‘rsatishda maksimal darajada qulayliklar yaratilishini ta'minlashda qatnashish.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon va farmoyishlari hamda Prezident ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishlar bayonlari bilan Bankka berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash yuzasidan tayyorlanayotgan me'yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishishda qatnashish bajarilgan ishlar bo‘yicha Bank Boshqaruviga axborot kiritish.

  • Bank Boshqaruvi a'zolarini yig‘ilish kun tartibi bo‘yicha zarur ma'lumotlar bilan ta'minlash, Bank Boshqaruvi yig‘ilishlarining bayonlarini olib borish, hisobini yuritish (choraklik, yarim yillik va yillik ko‘rsatkichlar bo‘yicha).

  • Bank Boshqaruvi qarorlarini tarkibiy bo‘linmalar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.

  • Devonxona ishini tashkillashtirish, Bankka kirish va chiqish hujjatlarini ro‘yxatga olish, Boshqaruv Raisi va Boshqaruv Raisi o‘rinbosarlariga taqdim etish.

  • Bank tizimi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining “Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta'minlash va nazorat qilish.

Yuridik departament

Departament direktori
Ibatov Baxtiyor Kеnjayevich

Tel: (78) 147-15-05

Vazifalar

  • Bankning huquqni qo‘llash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashni tashkil etish;

  • Bankning loyihaviy va investitsiya faoliyatini huquqiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini boshqarish;

  • Qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlashga boshchilik qilish;

  • Bank ichki qoidalari, hujjatlari va shartnomalar loyihalarining amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan ko‘rib chiqish hamda huquqiy xulosalar berilishini nazorat qilish.

  • Bankning manfaatlarini huquqiy himoya qilishni amalga oshirish, Bank hujjatlarining qonuniy asoslanishini ta'minlash va Bank faoliyatida yuzaga keladigan va huquqiy tartibga solishni talab qiladigan barcha masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish;

  • Mehnat nizolari va xo‘jalik shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha talabnoma-da’vo va sud ishlarini yuritish;

  • Bank manfaatlarini sud va boshqa organlarda samarali himoya qilinishini ta’minlash;

Funktsiyalar

  • Boshqa banklar, korxonalar bilan, shuningdek, xorijiy davlatlar banklari va kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalar loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Bank tomonidan tuzilgan shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligini tekshirish;

  • Amaldagi qonunchilikka muvofiq shartnomalar tuzishning qonuniyligi yuzasidan taklif va tavsiyalar berilishini nazorat qilish;

  • Bank rahbariyatiga taqdim etiladigan buyruq, farmoyish, bitim va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalarining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganilishini nazorat qilish;

  • Bankda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash, shu jumladan, mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlarni (mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi va boshqalar) ishlab chiqishda yuristlarni  ishtirokini ta’minlash;

  • Bank tomonidan ishlab chiqilayotgan (qabul qilinayotgan) ichki me’yoriy va boshqa hujjatlar loyihalarining qonunchilikka muvofiqligi ustidan nazorat o‘rnatish.

  • Vazirlik va idoralarda, davlat va jamoat tashkilotlarida, boshqa korxona va muassasalarda, shuningdek boshqa sud va huquqni muhofaza qilish organlarida Bank manfaatlarini himoya qilinishini nazorat qilish.

Ichki audit departamenti

Dеpartamеnt dirеktori:
Alimov Abdulaziz Abduvaxitovich

Vazifalari:

  • Bankning barcha operatsiyalar turlari va uning barcha tarkibiy boʼlinmalari faoliyati bo`yicha ichki auditorlik tekshiruvlarini o`tkazish;

  • Bank va uning nazorati ostidagi tashkilotlarning ichki nazorat va tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini va ular tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish hamda ularning samaradorligini baholash va takliflar ishlab chiqish;

  • Bankning risk-profilini inobatga olib, ichki nazorat (shu jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʼin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish, komplaens-nazorat va boshqalar), tavakkalchiliklarni boshqarish va korporativ boshqaruv tizimlarining samaradorligini va ularning toʼgʼri yoʼlga qoʼyilganligini baholash.

Funktsiyalari:

  • bank oldiga qoʼyilgan maqsadlarga erishishda bank biznes jarayonlari, maʼmuriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini baholash;

  • axborot tizimlarining ishonchliligini, toʼliqligini va samaradorligini hamda maʼlumotlarning dolzarbligini, aniqligini, qulayligini, shuningdek maxfiylik taʼminlanganligini o`rganish;

  • qonunchilik hujjatlariga, jumladan Markaziy bankning prudentsial talablariga hamda bankning ichki hujjatlariga rioya etilishini ta`minlanganini o`rganish;

  • Markaziy bank, boshqa davlat organlari va tashqi audit tomonidan aniqlangan kamchiliklar oʼz vaqtida bartaraf etilganligini o`rganish;

  • aholi va yuridik shaxslar murojaatlarini koʼrib chiqish tizimi samaradorligini baholash;

  • aktivlar butligini baholash.

Xodimlar bilan ishlash departamenti

Dеpartamеnt dirеktori:
Malibеkova Aygul Biuzaxovna

Tel. (78)147-15-09

Vazifalar

Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • Bankning uzoq va qisqa muddatli strategik maqsadlarini amalga oshirish uchun inson omilidan samarali foydalanish va xodimlar uchun qulay ish muhitini yaratish;

  • Bankni malakali mutaxassislar bilan ta’minlash hamda xodimlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish (xodimlarni tanlash, ularni moslashtirish o‘qitish va zaruratdan kelib chiqib lavozimlarga joylashtirish);

  • Bankning uzoq va qisqa muddatli strategik maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha xodimlarni kasbiy hamda aqliy salohiyatlarini oshirib borish, zaruratga ko‘ra aniq yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv jarayonlarini tashkil etish;  

  • Bankning o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga erishishda har bir xodimning alohida hissasi bo‘lishini ta’minlash va ularning mehnat unumdorligini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rish, shu jumladan xodimlar uchun aniq maqsadlarni belgilash;

  • Xodimlarni mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash masalalari bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;

  • Xodimlar bilan ishlashda mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  • Kadrlar zaxirasini shakllantirish orqali bankning rivojlanishini ta'minlash va muhim ahamiyatga ega xodimlarning vorislik (prеyemstvеnnost) rejalarini ishlab chiqish.

 

Funksiyalar

  • Bankning xodimlarni boshqarish bo‘yicha strategik rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etish.

  • Bankning korporativ madaniyatini takomillashtirish. Korporativ boshqaruv madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etish.

  • Bankda mehnat intizomi va ichki mehnat tartibi qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash.

  • Tarkibiy bo‘linmalar bilan hamkorlikda mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, xodimlar harakati, qo‘nimsizligi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlar belgilash.

  • Xodimlarni egallab turgan lavozimidan yuqori lavozimga ko‘tarilishi uchun karyera rejasini tuzish, xodimlar zaxirasini shakllantirish va doimiy ravishda malaka oshirishlari uchun sharoit yaratish.

  • Barcha xodimlarning kasbiy malakasini oshirishni rag‘batlantirish, xodimlar (mutaxassislar va menejerlar)ning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.

  • Ishga qabul qilingan xodimlarning faoliyatini rivojlantirish hamda ularni kasbga yo‘naltirishning ilmiy metodologiyasini joriy etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va amalga oshirish.

  • Bank xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, ularni bekor qilish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish. Xodimlar hisobini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash. Xodimlarning mehnat daftarchalarini to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash, xizmat guvohnomalarini taqdim etish. Xodimlarga oid boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida, to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash.

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlariga, Bankning kadrlar siyosati va bankning ichki me’yoriy hujjatlari, Bank Ustavi, Boshqaruv yig’ilishi qarorlari hamda Boshqaruv Raisining xodimlarga oid buyruqlari ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash.

  • Bank xodimlarini xorijiy davlatlarga malaka oshirish kurslariga jalb etish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish.

Axborot va bank xavfsizligi departamenti

Dеpartamеnt dirеktori
Muxamadkulov Shukurullo Nurilloevich

Tel: (78) 147-15-10

Matbuot xizmati

Matbuot kotibi:
Tuxtaeva Zebo Ismatulloevna
(78) 148-00-58

Matbuot xizmati vazifalari:
- Bank rahbariyati tomonidan bеlgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;
- Milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida Bank faoliyatining dolzarb jihatlarini yoritish;
- Intеrnеt tarmog‘ida Bank vеb-rеsurslarini tashkil etish, ularning samarali faoliyatini ta’minlash;
- Bankka nisbatan Rеspublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari munosabatini tahlil qilish va ular to‘g‘risida Bank rahbariyatini xabardor qilish.

Matbuot xizmati funksiyalari:
- Matbuot xizmati oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni Bankning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ularni tahlil qilish;
- Ommaviy axborot vositalari uchun xabarlar (prеss-rеlizlar, maqolalar, ma’lumotlar va shu kabilar)ni tayyorlash va tarqatish;
- Bank faoliyatiga doir masalalar bo‘yicha ma’lumotlar tayyorlash hamda ularni milliy va xorijiy bosma va elеktron ommaviy axborot vositalarida joylashtirish, tеlе va radioeshittirishlarni tashkil etish;
- Bank rahbariyati va xodimlarining ommaviy axborot vositalari vakillari bilan matbuot konfеrеnsiyalari, brifinglari, intеrvyulari va boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;
- Bank faoliyatini to‘laqonli va xolisona yoritish maqsadida milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;
- Milliy va xorijiy axborot agеntliklari hamda ommaviy axborot vositalarining Bank faoliyati to‘g‘risidagi matеriallarni tayyorlashda ko‘maklashish to‘g‘risidagi buyurtmanomalari va so‘rovlarini ko‘rib chiqish.

Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti

Заместитель Председателя Правления - Директор Департамента бухгалтерского учета и финансового менеджмента - Главный бухгалтер:
Рихсиев Боходир Толаганович

Тел:    (78) 147-15-11

Vazifalar

  • Bankning buxgalteriya hisobi va soliq siyosatini shakllantirish;

  • Bank faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan daromadlilik, rentabellik va samaradorlik darajasini kompleks tahlil qilish hamda natijalar asosida tahliliy materiallar tayyorlash;

  • Bank va uning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati samaradorligini baholash, daromadlar, xarajatlar va foydalilik ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, shuningdek amaldagi KPI metrikalarining Bank strategiyasiga muvofiqligini muntazam monitoring qilish;

  • Bankning biznes-rejasini ishlab chiqish, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar prognozini shakllantirish, aktiv va majburiyatlar, byudjet, daromad va xarajatlar rejalashtirilishini tashkil etish hamda ularning bajarilishini tahlil qilish;

  • Bankning moliyaviy holatini mustahkamlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va chora-tadbirlar ishlab chiqish;

  • Moliyaviy, kredit va boshqa boshqaruv hamda regulyator hisobotlarining yagona, aniq va integratsiyalashgan tizimini shakllantirish, ularning ichki va tashqi foydalanuvchilarga o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishini ta’minlash;

  • MHXS (IFRS) talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida shakllantirilishini nazorat qilish hamda auditorlik tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni ta’minlash;

  • Bankda tarif siyosatini metodologik qo‘llab-quvvatlash, tariflarni markazlashtirilgan va tizimli hisobga olishni tashkil etish hamda tarif parametrlarining avtomatlashtirilgan tizimlarda to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlash.

 

Funksiyalar

  • Bank faoliyatini tahlil qilish maqsadida tashqi (moliyaviy, bozor, makroiqtisodiy) va ichki ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, integratsiyalash va tizimlashtirish;

  • Makroiqtisodiy omillarning Bank biznesiga ta’sirini baholash, prognoz va iqtisodiy modellarni ishlab chiqish, ularning aniqligi va samaradorligini muntazam monitoring qilish hamda zarur hollarda yangilash;

  • Bank mahsulotlari, bo‘linmalari va umumiy faoliyatining daromadliligi, rentabelligi va samaradorligini kompleks tahlil qilish, asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasi va omillarini aniqlash;

  • KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, og‘ishlar va ularning sabablarini (faktor tahlili) aniqlash, KPI tizimini takomillashtirish va uni Bank strategiyasi bilan uyg‘unlashtirish jarayonida ishtirok etish;

  • Bank biznes-rejasini ishlab chiqish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni modellashtirish, reja va prognozlar bajarilishini monitoring qilish hamda tegishli takliflar kiritish.

  • Bank aktivlari va majburiyatlari, daromadlar, xarajatlar, operatsion va kapital xarajatlarni rejalashtirish hamda ularning bajarilishini tahlil qilish;

  • Moliyaviy, kredit va boshqaruv hisobotlarini shakllantirish, umumlashtirish va ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga o‘z vaqtida taqdim etishni ta’minlash, yangi hisobot shakllarini joriy etishda ishtirok etish;

  • MHXS (IFRS) talablariga muvofiq moliyaviy hisobotlarning to‘g‘ri shakllantirilishini ta’minlash, auditorlik tashkilotlari bilan hamkorlik qilish hamda 9-sonli MHXS bo‘yicha kutilayotgan kredit yo‘qotishlari (ECL) zaxiralarini hisoblash jarayonini tashkil etish va nazorat qilish;

  • Bankda buxgalteriya va soliq hisobi metodologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish, yangi bank mahsulotlari bo‘yicha hisob va soliqqa tortish tartibini belgilash hamda tegishli metodik xulosalar tayyorlash;

  • Amaldagi buxgalteriya siyosati va soliq amaliyotining qonunchilik hamda xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish, o‘zgartirishlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va metodologik yordam ko‘rsatish;

  • Bank tariflarini avtomatlashtirilgan tizimlarda sozlash, joriy etish va yangilash, tariflar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yuritish va dolzarbligini ta’minlash;

  • Bank bo‘linmalari va hududiy tuzilmalarga metodik, maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish, o‘quv seminarlarini tashkil etishda ishtirok etish.

Chakana biznеsni operatsion qo`llab-quvvatlash dеpartamеnti

Departament direktori:
Kurbanov Lutfulla Ruxullayevich

Tel: (78) 150-70-68

Vazifalari:

  • Jismoniy shaxslar uchun milliy valyutada beriladigan iste’mol, ta’lim, overdraft va avtokreditlar ajratilishida  jarayonining samaradorligini ta’minlash;

  • Xalqaro to‘lov tizimlari bo‘yicha protsessing markazini tеxnik qo‘llab-quvvatlash;

  • Uzkard va Xumo tizimlari bo‘yicha moliyaviy tranzaksiyalarini o‘z vaqtida ishlov bеrilishini nazorat qilish;

  • Bank BXM/BXOlari tomonidan amalga oshirilgan buxgaltеriya amaliyotlarini tahlil qilish va ruxsat bеrish;

  • Bankning hududiy bosh boshqarmalari tomonidan birinchi darajali ijtimoiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

  • Bankning valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali amalga oshiriladigan operstsiyalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha strategik vazifalar bajarilishini, bankning valyuta  resurs bazasini mustahkamlash maqsadida jismoniy shaxslar bilan valyuta operatiyalarini amalga oshirish uslublarini hamda aholiga sifatli valyuta ayirboshlash operatsiyalari xizmatlarini rivojlantirish;

  • Tezkor pul o‘tkazmalari tizimlari va onlayn transchеgaraviy o‘tkazmalar (P2P) bo‘yicha hisob-kitoblar va buxgalteriya amaliyotlarini amalga oshirish;

  • Omonat va pul o’tkazmalari bo’yicha mavjud bank mahsulotlarini optimallashtirish bo’yicha tеxnik topshiriqlar ishlab chiqish va amalga oshirilishda ishtirok etish;

 

Funksiyalari:

  • Milliy ilova orqali halqaro to’lov tizimi bo’yicha amaliyotlarni tеxnik qo’llab quvvatlash;

  • Uskunalarni ta’mirlash bo’yicha xizmat ko’rsatish tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan hisob-fakturalari bo’yicha o’rganishlar o’tkazish va to’lovlarini o‘tkazish;

  • Milliy mobil ilovasida bankning protsessing tizimi bilan intеgratsiya qilinishi va ish faolitida yuzaga kеlgan masalalar bo’yicha dasturiy qo’llab-quvvatlash;

  • Xalqaro to’lov tizimlari bo’yicha bankka zarar yetkazilishi mumkin bo’lgan amaliyotlarni aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish;

  • Mobil ilova to’lovlarni amalga oshirish uchun elеktron tеrminallarni ro’yxatga o’tkazib bеrish;

  • To’lov tashkilotlariga taqdim etilgan elеktron tеrminallar bo’yicha amalga oshirilgan tranzaksiyalarga ishlov berish;

  • Uzkard va Humo tizimlari bo’yicha moliyaviy tranzaksiyalarini o‘z vaqtida ishlov bеrilishini nazorat qilish;

  • Bank BXM va BXOlarida omonat, bank o’tkazmalari va pul o’tkazmalari bo‘yicha yuzaga kеlgan masalalar bo’yicha ko’mak bеrish va tеxnik muammolar bo’yicha ishlarni amalga oshirish;

  • Bank BXM va BXOlarida tranzit hisobraqamlar orqali bank kartlariga kirim qilish amaliyoti Bosh ofisdagi yagona tranzit hisobraqamlari orqali bo’linma hodimlari ishtirokisiz amalga oshirish;

  • Xalqaro Visa va Mastеrcard to’lov tizimlari bilan hisob-kitoblarni  va kliring buxgaltеriya amaliyotlarini amalga oshirish;

  • Bankning valyuta ayirboshlash shahobchalari faoliyatini nazorat qilish;

  • Valyuta ayirboshlash shahobchalari ish faoliyati dasturiy o’zgarishlar bo’yicha  tеxnik topshiriqlar ishlab chiqish va ishga tushirish ishlarini olib borish;

  • Xorijdan naqd pul mablag’larini xarid qilish va eskirgan chеt el valutalalarni ayirboshlash ishlarini tashkillashtirish;

  • Bank BXM va BXOlarini xorijiy valutadagi buyurtmanomalari bo’yicha chet el valutalarini yuborish va olib kеlish ishlarini tashkillashtirish;

  • Qimmatbaho mеtallarni sotib olish va sotish ishlarini tashkillashtirish hamda Bank BXM va BXOlari, Markaziy bankka yetkazib bеrish va olib kеlishni tashkillashtirish;

  • Qimmatbaho metallar jismoniy, yuridik shaxslarga sotish va qaytarib sotib olish hamda qimmatbaho metallarni masofaviy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish;

  • Chakana krеditlari bo’yicha garovlarni o’z vaqtida rasmiylashtirilish va garov rеyestirida ro’yxatdan o’tganligini nazoart qilish;

G'aznachilik departamenti

Dеpartamеnt dirеktori
Mirzaraimov Oqiljon Ibroximjonovich

Tel: (78) 147-15-71

Vazifalar:

  • Valyuta, diling, banklararo operatsiyalarni, O‘zRVBdagi operatsiyalarni, qimmatbaho metallar va qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni tashkil etish va amalga oshirilishini ta’minlash

  • Bankning ochiq valyuta pozitsiyasini tasdiqlangan limitlar va ichki me’yoriy hujjatlar doirasida boshqarishni ta’minlash

  • Tashqi savdo shartnomalari, valyuta operatsiyalari va valyuta nazorati talablariga rioya etilishini monitoring qilish

  • Bank likvidligi, aktivlari va passivlarini samarali boshqarishni ta’minlash

  • Bank aktivlari va passivlari tuzilmasini muddatlar, valyutalar, qiymat, daromadlilik va moliyalashtirish manbalari bo‘yicha boshqarishda ishtirok etish

  • Transfert narxlash yondashuvlarini qo‘llash, bankning foiz daromadlari, foiz xarajatlari va resurslar qiymatini tahlil qilish

  • Bank tomonidan jalb qilingan qarz mablag‘lari, kredit liniyalari va boshqa jalb qilingan resurslarni hisobga olish, kuzatib borish va nazorat qilishni ta’minlash

  • Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, moliyaviy instrumentlar daromadliligi va g‘aznachilik operatsiyalari samaradorligini monitoring qilishni ta’minlash

  • Savdo va g‘aznachilik operatsiyalari uchun foydalaniladigan axborot tizimlari va dasturiy ta’minotning texnologik qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlash

Funksiyalar:

  • Bankning joriy va prognoz likvidligini rejalashtirish, monitoring qilish va nazorat qilish

  • Chet el valyutasini sotib olish, sotish, konvertatsiya qilish va O‘zRVBdagi operatsiyalarni o‘z ichiga olgan valyuta operatsiyalarini amalga oshirish

  • Tashqi savdo shartnomalari va valyuta operatsiyalarini monitoring qilish hamda valyuta to‘lovlarini qayta ishlash

  • G‘aznachilik departamenti vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshirish

  • Belgilangan tartibda qimmatbaho metallar bilan operatsiyalarni amalga oshirish

  • Moliyaviy bozorlarda diling, banklararo va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish

  • Bankning ochiq valyuta pozitsiyasini boshqarish va belgilangan limitlarga rioya etilishini monitoring qilish

  • Diling operatsiyalarini nazorat qilish, kuzatib borish va monitoring qilish bo‘yicha midl-ofis funksiyalarini bajarish

  • Bankning qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy instrumentlar bilan operatsiyalarini amalga oshirish

  • Jalb qilingan qarz mablag‘lari bo‘yicha so‘ndirish jadvallari, foiz to‘lovlari, komissiyalar va shartlarni nazorat qilish

  • Markaziy bank, O‘zRVB, tijorat banklari, birjalar, brokerlar, xalqaro moliya institutlari va moliya bozorining boshqa ishtirokchilari bilan o‘zaro hamkorlik qilish

Axborot texnologiyalari departamenti

Departament direktori:
Musabekov Sherzod Axmatbekovich

Tel: (78) 147-15-01

Vazifalari:

  • Bankning raqamli makonini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, Bankning AT strategiyasi doirasida raqamli transformatsiya tashabbuslarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

  • Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda raqamli transformatsiya, raqamli bank xizmatlarini joriy etish bo‘yicha qarorlar tayyorlashda ishtirok etish;

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ichki me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish, shu jumladan standartlashtirish va unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflarni tayyorlash va muvofiqlashtirish;

  • Banklararo axborot hamkorligini ta’minlash, shuningdek, Bank va tarkibiy bo‘limlari o‘rtasida yagona axborot makonini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish va tashkil etish;

  • Bankning axborot texnologiyalari va telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

  • ABTning Bankning mavjud axborot tizimlari (ma’lumotlar bazalari), bankning tashqi axborot tizimlari (ma’lumotlar bazalari) bilan axborot hamkorligi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

  • Bankning axborot tizimlari va axborot resurslarini ishlab chiqish, joriy etish, texnik xizmat ko‘rsatish va ularning ishlashini ta’minlashni tashkil etish;

  • AT-loyihalarni ishga tushirish bosqichidan texnik qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan davrda loyihalarni amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish;

  • Xavfsizlik standartlariga muvofiq bankning kompyuter va periferik uskunalari, aloqa vositalari va ofis dasturiy ta’minotiga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash hamda Bank axborot tizimlarini rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish;

  • Bankning axborot-texnik infratuzilmasi muntazam ishlashini ta’minlash;

  • Bankning axborot tizimlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish;

  • Masofaviy bank xizmatlari, mobil va internet-banking xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha texnik-dasturiy ishlarni takomillashtirish va muvofiqlashtirish;

Funksiyalari:

  • Axborot texnologiyalari, axborot-texnika vositalari, telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari va vositalarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini tahlil qiladi, Bank faoliyatida qoʻllash maqsadida ularni qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

  • Bankning boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari bilan birgalikda AT strategiyasiga muvofiq Bankning raqamli makonini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni tayyorlash (yangilash), ustuvor loyihalar va tashabbuslar ro‘yxatini tasdiqlashni tashkil etish hamda amalga oshirilishini nazorat qilish;

  • Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun tashqi tashkilotlar bilan belgilangan faoliyat sohasi doirasida hamkorlik qilish;

  • Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bankda axborot texnologiyalari bilan o‘zaro bogʻliq boʻlgan umumiy vazifalarni amalga oshirish, umumiy vazifalarni amalga oshirishga qo‘yiladigan funksional talablar va axborot texnologiyalarini o‘zaro bogʻliqligini tartibga soluvchi texnologik hujjatlarni ishlab chiqadi;

  • Bankning boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda Bankning raqamli texnologiyalari bo‘yicha takliflar, Bankning AT strategiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlash va uni amalga oshirish jarayonini nazorat qilish;

  • Bankning boshqa tuzilmaviy bo‘linmalari bilan hamkorlikda Departamentning belgilangan doirasiga taalluqli bo‘lgan qismida Bankning axborot resurslari va tizimlarini yaratish, joriy etish va ulardan foydalanishni tashkil qilish;

  • Bank xodimlariga foydalanishga topshirilgan kompyuter texnikalari va axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha texnik qoʻllanmalarni o‘qitish tadbirlarini tashkil etish;

  • Biznes vazifalarini bajarishi uchun, funksionallikni texnik va biznes talablariga muvofiqligini tekshirish;

  • Texnik vazifalarni tekshirish, agar nomuvofiqlik aniqlansa, takomillashtirish takliflarini shakllantirish va talablarni yangilashni nazorat qilish;

  • Xulosa va tahliliy ishlarni amalga oshirish, dizayn, resurs, uslubiy, kalendar rejalar, arxitektura sxemalari, texnik shartlar, funksional va texnik talablarni tuzish;

  • O‘z vakolatlari doirasida “bank siri”ning saqlanishini hamda Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan belgilanadigan axborot va kiberxavfsizlik qoidalariga rioya etilishini ta’minlash;

  • Axborot-telekommunikatsiya tarmog‘ining to‘siqlarini o‘z vaqtida aniqlash va axborot-telekommunikatsiya tarmog‘ining ishlashi va ishonchliligini yaxshilash maqsadida axborot-telekommunikatsiya tarmog‘idan foydalanish monitoringi bilan shug‘ullanish;

  • Bosh ofisning serverlari, kompyuter va kompyuter qurilmalarini ishlashini boshqarish va qoʻllab-quvvatlash (oʻrnatish, sozlash, diagnostika, texnik xizmat koʻrsatish, foydalanish, amalga oshirish, sinovdan oʻtkazish, konsultatsiyalar oʻtkazish, ekspert xulosalarini berish);

  • Serverlar va operatsion tizimlarni samaradorlik va ishonchlilikni oshirish maqsadida monitoring qilish-zaif tomonlarni oʻz vaqtida aniqlash

  • Bank tizimida barcha axborot tizimlarini muntazam ravishda ishlashini ta’minlash.

Xatarlarni boshqarish departamenti

Dеpartamеnt dirеktori:
Sulaymonov Shohrux Davlatovich

Tel: (78) 147-15-28


Vazifalar:

  • Sezilarli tavakkalchiliklar (Kredit, bozor, operatsion va likvidlilik, mamlakat tavakkalchiliklari va bank portfelida yuzaga keluvchi foiz tavakkalchiliklar) ning o‘z vaqtida aniqlanishi, baholanishi, monitoring qilinishi va ular bo‘yicha hisobot tayyorlanishi, nazorat qilinishi hamda mazkur tavakkalchiliklarning kamaytirilishini ta’minlash;

  • Tavakkalchiliklarni yuzaga keltiruvchi holatlar sodir bo‘lganligi yoki qisqa muddatlarda sodir bo‘lishi haqida erta ogohlantirish tizimlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish. Mazkur tizimlar tasdiqlangan risk-appetit va tavakkalchilik chegaralari buzilishiga yaqinlashish yoki buzilish holatlarini aniqlash, monitoring qilish va zarur tavsiyalarni ishlab chiqishda qo‘llanishi lozim;

  • Tavakkalchilik turlarining muhimligini aniqlash, o‘lchash, monitoring va nazorat qilish shuningdek stress-testlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bank ichki modellarining ishonchliligi va samaradorligini muntazam ravishda baholash;

  • Bank tavakkalchiliklarini oldini olish, kamaytirish va bartaraf etish choralarini shakllantirish;

  • Bankning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va belgilangan risk-appetiti doirasida Bank tomonidan qabul qilingan tavakkalchiliklar ta’siridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarni minimallashtirish;

  • Sezilarli tavakkalchiliklar (Kredit, bozor, operatsion va likvidlilik, mamlakat tavakkalchiliklari va bank portfelida yuzaga keluvchi foiz tavakkalchiliklar) bo‘yicha stress-testlarni o‘tkazish;

  • Risk-appetit va/yoki boshqa limitlar va cheklovlar doirasida tavakkalchiliklarning maqbul darajasini saqlab turish;

  • Qabul qilingan tavakkalchiliklar miqdorini monitoring va nazorat qilish, uni belgilangan tashqi va ichki limitlar doirasida ushlab turish maqsadida qabul qilingan tavakkalchilik darajasini pasaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

 

Funksiyalar:

  • Sezilarli tavakkalchiliklar (Kredit, bozor, operatsion va likvidlilik, mamlakat tavakkalchiliklari va bank portfelida yuzaga keluvchi foiz tavakkalchiliklar) ni tahlil qilish va baholashni amalga oshiradi hamda ularni ta’sir qilish darajasini belgilaydi;

  • Bankning moliyaviy ahvoli va likvidligini stress-testdan o‘tkazish, mijozlarni baholash (shu jumladan, skoring) modellarini ishlab chiqadi va ularning qo‘llanilishini ta’minlaydi;

  • O‘lchanishi kerak bo‘lgan har xil turdagi tavakkalchiliklarni baholash uchun samarali usullar va vositalarni ishlab chiqadi va qo‘llaydi, shuningdek, miqdoriy jihatdan kamroq ta’sir ko‘rsatadigan boshqa tavakkalchilik turlarini (masalan, obro‘-e’tibor tavakkalchiligi) baholaydi. Vaqti-vaqti bilan qaror qabul qilish jarayonida qo‘llaniladigan usullar, mezonlar va ularning ma’nolari, modellarini ko‘rib chiqadi va zarur bo‘lganda mijozlar bazasi, mahsulotlar, bozor va iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritadi;

  • Bankning moliyaviy ahvoli, tavakkalchilik profili, kapitali va likvidligiga turli omillarning ta’sirini tahlil qilish hamda ularning mavjudligini va dolzarbligini ta’minlash uchun usul va vositalarni ishlab chiqadi;

  • Bankning risk-appetiti yoki limitlarining yondashuvlari va buzilishlarini aniqlashga qaratilgan erta ogohlantirish tizimlari va triggerlarni ishlab chiqadi va joriy qiladi, Bankning risk-appetiti yoki limitlarini doimiy ravishda kuzatib boradi va ularning buzilishining oldini olish choralarini ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;

  • Tavakkalchiliklarni aniqlaydi, o‘lchaydi, monitoring va nazorat qiladi, shuningdek stress-testlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan bank ichki modellarining ishonchliligi va samaradorligini muntazam ravishda baholaydi;

  • Tavakkalchiliklarni minimallashtirish va qabul qilinadigan qarorlar sifatini oshirish maqsadida modellarni ishlab chiqish, yaratish va moslashtirish jarayonlarida tegishli maslahat yordamini ko‘rsatish;

  • Kreditlar bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni baholash (kredit turlari, iqtisodiyot tarmoqlari, geografik hududlar va boshqalar), shu jumladan muammoli kreditlarni (aktivlarni) aniqlash jarayonlari va aktivlar sifatini tasniflash hamda ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish amaliyotining maqbulligini baholash.

Loyihalarni moliyalash markazi

Markaz direktori
Nabiyev Xurshid Latifjanovich
(78) 147-15-70

Markazning vazifalari:
- Investisiya loyihalari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish va ularni keyinchalik moliyalashtirish, Markaz tomonidan berilgan kreditlar bo‘yicha monitoring olib borish.
- Bank tomonidan foyda olish va bankning tegishli siyosati va qarorlari bilan belgilangan chegaralar doirasida kredit tavakkalchiligi darajasini ta’minlash maqsadida berilgan kreditlar monitoringini olib borish.
- Bank tomonidan investitsiya loyihalari uchun ajratilgan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, shuningdek, muammoli loyihalar bo‘yicha Bankning yo‘qotishlarini minimallashtirish choralarini ko‘rish.

Funksiyalari:
- Respublikaning investisiya va boshqa davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni amalga oshirish strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Investisiya loyihalari va dasturlari ekspertizasini amalga oshirish, ularni amalga oshirish strategiyasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.
- Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish, bankning kollegial organlari tomonidan bitimlar tasdiqlanganidan keyin kafolatlar, akkreditivlar va investitsiya loyihalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa harakatlarni berish va saqlashni ta’minlash.
- Moliyalashtirilgan investitsiya loyihalarini bankning tegishli bo‘linmalari bilan birgalikda kreditdan maqsadli foydalanish nuqtai nazaridan monitoring qilish, garov ta’minotining saqlanishi
va yetarliligini nazorat qilish, garov ta’minotini o‘z vaqtida sug‘urta qilish, qarz oluvchilarning moliyaviy ahvolini tahlil qilish.
- Investitsiya loyihalariga bank tomonidan ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida qaytarilishi  ustidan nazoratni ta’minlash.

Korporativ aloqalar va investitsiyalar departamenti

Departament direktori:
Daminov Nodirbеk Ravshanbеkovich

Vazifalar

  • Yangi bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha tеgishli takliflar bеrish;

  • Bankning yirik aylanmaga ega bo‘lgan va daromad kеltiruvchi mijozlarni bankda iBank tizimidagi muammolarini bartaraf etish, mijozlarga bank xizmatlarida masofadan foydalanishlarida qulay shart sharoitlar yaratish;

  • Korporativ mijozlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha analitik hisobotlarni yuritib borish;

  • Korporativ va potentsial yangi mijozlar bilan uchrashuvlar tashkil etish;

  • Korporativ mijozlar uchun bank mahsulotlari bo'yicha taqdimotlar o`tkazish va ularga bank mahsulotlarini sotish;

  • Korporativ mijozlarni jalb qilish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mavjud va yangi bank mahsulotlarini yakka tartibda taklif etish;

  • Bankning investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarishni tashkil etish;

  • Bank investitsiya portfelini monitoring qilish;

  • Bankning Investitsiya siyosatini ishlab chiqish.

Funksiyalar

  • Korporativ mijozlar uchun bankning yangi mahsulotlarini ishlab chiqish
    va amaldagilarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek tranzaksion operatsiyalarni joriy etish va monitoring qilish;

  • Korporativ mijozlar uchun I-Bank masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash;

  • Bank mijozlarining koʼrsatkichlarini (debet aylanmasi, olingan foizsiz daromad, kredit qoldiqlari va x.k.z) tahlil qilish;

  • Korporativ mijozlar bilan doimiy hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek yuzaga keladigan masalalarni hal qilish uchun bankning boshqa bo‘linmalari bilan o‘zaro aloqada bo‘lish;

  • Bankning mahsulotlarini taklif etish va sotish;

  • Bankka yuqori debet aylanmasiga ega yirik mijozlarni jalb qilish, muzokara tashkil etish va ularni tegishli bo'lim/hududiy bo’linmalarga yo'naltirish;

  • Biriktirilgan korporativ mijozlar daromadliligini tahlil qilish;

  • Yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va biznes jarayonlarini optimallashtirish;

  • Bankning investitsiya siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • Bank investitsiya portfelini shakllantirish va boshqarish, boshqarmaga tegishli bo‘lgan loyihalar bo‘yicha Bank kollegial organlari qarorlari ijrosini ta’minlash;

  • Bank investitsiya portfelidagi kompaniyalar korporativ boshqaruvida bank ishtirokini ta’minlash.

Xizmat ko`rsatish va sotuvni tashkil etish dеpartamеnti

Xizmat ko‘rsatish va sotuvni tashkil etish departamenti dirеktori
Aliyev Furkat Farxadovich

Tel: (78) 147-15-23


Vazifalari:

  • Bank tarmoqlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va “O‘zmilliybank” AJ standart qoidalar asosida xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishni ta’minlash.

  • Bank mijozlari va aholining bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha taklif, fikr-mulohaza va murojaatlarini o‘rganib chiqish va taxlil qilish;

  • Bank tarmoqlarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati va darajasini baholash, mijozlar mamnunlik indeksi (CSI) hamda hayrixohlik indeksi (NPS)ni aniqlash va natijalar asosida zarur choralarni ko‘rish.

  • Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular faoliyatini tartibga soluvchi, ularning iqtisodiy samaradorlik asosida faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan Bank siyosatini amalga oshirishda qatnashish;

  • Bank tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish hamda yangi bank xizmatlari markazlari va ofislarini ochishning iqtisodiy samaradorligini baholash.

Funksiyalari:

  • Bank mahsulotlari va xizmatlarini sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish standarti va sotuv modelini ishlab chiqish va masshtablashirish, tarmoq xodimlarini o‘qitish, shuningdek, ularning bilim, ko‘nikma va malakasini oshirish bo‘yicha trening va seminarlar tashkil etish;

  • Bank tarmoqlari faoliyatini tartibga solish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan ichki me’yoriy hujjatlar va qoidalar loyihalarini ishlab chiqish.

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasini baholash, mijozlar mamnunlik indeksi (CSI) va hayrixohlik indeksi (NPS)ni aniqlash hamda natijalar asosida xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish.

  • Bank mijozlari va aholining bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha murojaatlari, taklif va fikr-mulohazalarini o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek bank xizmatlari iste’molchilari huquqlari buzilishi holatlarini tahlil qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha Bank rahbariyatiga takliflar kiritish va belgilangan tartibda javob berishni ta’minlash.

  • Bank tarmoqlarida mijozlarga zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni Bankning yagona standartlari asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

  • Bank tarmoqlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish, shu jumladan yangi bank xizmatlari markazlari va ofislarini ochishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash.

  • Bank tarmoqlarining iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish, ularning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarini baholash hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Davlat dasturlarini moliyalashtirish departamenti

Departament direktori
Aslanov Aziz Mehmonovich

Tel: (78) 147-15-26

Vazifalar

  • Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash, xususan xizmatlar ko‘rsatish, yoshlar tadbirkorligi hamda agrar sohadagi loyihalarni moliyalashtirish ishlarini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda bankning hududiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish.

  • Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha bankka yuklatilgan vazifalar ijrosini tashkil etish, ularni bankning hududiy bo‘linmalari tomonidan bajarilishini muvofiqlashtirish, doimiy tahlillar asosida belgilangan rejalar ijrosini ta’minlanishini nazorat qilish.

  • Xalqaro moliya institutlari va chet el banklari resurslari hisobidan Davlat dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan loyihalarni skrining qilish, tavakkalchilikni baholash va ekologik standartlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish.

  • Bank hududiy bo‘linmalari tomonidan Departament faoliyatiga taalluqli yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Markaziy banki va boshqa organlarning ko‘rsatmalari va topshiriqlarini ijro qilish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilish.

Funksiyalar

  • Davlat dasturlari, xususan xizmatlar ko‘rsatish, yoshlar tadbirkorligi hamda agrar sohadagi loyihalarni moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha Bankning hududiy bo‘linmalariga o‘rnatilgan limitdan yuqori summadagi loyihalar bo‘yicha xulosalar tayyorlash va Bankning tegishli Kollegial organlariiga kiritish.

  • Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash, xususan xizmatlar ko‘rsatish, yoshlar tadbirkorligi hamda agrar sohadagi loyihalarni moliyalashtirish uchun moliyaviy tashkilotlar bilan shartnoma hujjatlarini tayyorlash, tuzilgan Kelishuv bitim shartlarini bajarilishini muvofiqlashtirish.

  • Davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash, xususan xizmatlar ko‘rsatish, yoshlar tadbirkorligi hamda agrar sohadagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlar bo‘yicha “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJdan kompensatsiya va kafilliklar olish bo‘yicha buyurtmanomalar tayyorlanishini
    nazorat qilish.

  • Jismoniy va yuridik shaxslarning Departament vakolati doirasidagi murojaatlarini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan ko‘rib chiqilishini nazorat qilish.

Banklararo hisob-kitob markazi

Banklararo hisob-kitob markazi Direktori:
Qodirov Fazliddin Nosirovich

Tel: 20-22

Vazifalari:

  • Bank Biznes bo’linmalari amalga oshirgan moliyaviy operatsiyalarni qayd etuvchi boshlang‘ich hujjatlarga (farmoyishlar, buyruqlar, pul hisob-kitob xujjatlari, ijro hujjatlari) asosan kunlik buxgalteriya hisobida aks ettirish, ochilgan tegishli bank va mijozlar hisobvaraqlariga hizmat ko‘rsatish.

  • Xalqaro to‘lov tizimlar orqali boshlangich ijro, to‘lov va moliyaviy hujjatlarga asoslangan holda naqd pulsiz xalqaro, banklararo, filillararo valuta  to‘lovlarni va hisob-kitoblarni amalga oshirish.

  • Boshlang‘ich ijro va to‘lov hujjatlarga asoslangan holda valyuta naqd pullar, qimmatbaho metallar, qat'iy hisobda turuvchi blankalar bilan kassa operatsiyalarini o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish va hisobini yuritish.

  • Bosh ofis balansining buxgalteriya registrlarida bank operatsiyalarini aks ettirish va tegishli hisobotlar tayyorlash;

Funksiyalari:

  • Swift xalqaro to’lov tizimi orqali electron to’lovlar va moliyaviy xabarlarni qabul qilish hamda jo’natish.

  • Xalqaro va O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Bank ichki qoidalari va tartiblariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat bozorida, xalqaro va ichki moliyaviy, valuta, qimmatli qog’ozlar bozorlarida Bank amalga oshirgan kredit, deposit, qimmatli qog’ozlar, hujjatli operatsiyalar (akkreditivlar, kafolatlar) bo’yicha hisob-kitob va to’lovlarni bajarish.

  • Qonunchilik va Bank belgilagan ichki qoidalar, tartiblarga muvofiq kunlik xorijiy va milliy valutadagi bank operatsiyalarini ABTga buxgalteriya xisobida ikkitomonlama yozuvlar orqali aks ettirish.

  • O’rnatilgan tartibda vakillik, deposit, kredit va bank ichki hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish va xisobotini yuritish.

  • Naqd chet el valyutasi, qimmatbaho metallar, qat'iy hisobda turuvchi blankalar, plastik kartalar, qimmatli qog'ozlar va boshqa boyliklarning saqlanishini ta'minlash, kassa operatsiyalarini yuritish va hisobga olish.

Ishlarni boshqarish departamenti

Dеpartamеnt dirеktori – Ishlar boshqaruvchisi
Shukurov Azimjon Kosimjon o‘g‘li

Tel: (78) 147-15-19

Vazifalar

  • Bankka yuklatilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish maqsadida xodimlarga ish sharoitlarini ta’minlash va yaratish.  

  • Bank ehtiyojlarini moddiy-texnik ta‘minlash bo‘yicha ishlarni tashkil etish

  • Tovar moddiy boyliklarini hisobini yuritish.

  • Bank arxiv ishini tashkil etish va yuritish, shu jumladan hujjatlarni qabul qilish tartibini belgilash, jamlash, hisobini yuritish, saqlash va foydalanishga berishni taʼminlash.

  • Bankning Bosh ofis binosi hamda hududiy bo’linmalar binolari, inshoatlari va muhandislik uskunalarni ekspluatatsiya qilish  ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish.

 

Funksiyalar

  • Bosh ofisning barcha texnik uskuna tizimlari ishlarini (elektr energiyasi, suv va issiqlik ta’minoti, ventilyatsiya va havoni  tozalash, liftlar, dizel generatorlari, sanitariya-texnik vositalar, telefon va tashqi aloqa va boshqalar)  ishlashini tashkillashtirish va nazoratini olib borish.

  • Rahbariyat topshirig‘iga  binoan bank tadbirlarini amalga  oshirishni tashkil etish.

  • Bank Rahbariyati topshirig'iga ko‘ra muhrlar tayyorlash, ularni rasmiylashtirish va  tarkibiy tuzilma, bo‘linmalarning Rahbarlariga berish ishlarini tashkillashtirish.

  • Bosh ofis binosi va  unga tegishli hududlarni o‘z vaqtida tozalash, saromjonlash ishlarini tashkil etish.

  • Bank avtotransport vositalarini uzluksiz ishlash samaradorligini oshirish  ta’minlash va tashkil etish.

  • Bank Rahbariyati va tarkibiy tuzilma rahbarlarini avtotransport vositalari bilan vaqtida ta’minlash ishlarini taskillashtirish.

O'zbekiston tasviriy san'at galereyasi

Galеrеya dirеktori
Akilova Kamola Baltabaevna

Vazifalar

  • Galereyaning asosiy vazifasi Oʻzbekiston tasviriy va dekorativ-amaliy san’ati, foto san’ati, numizmatika hamda arxeologiya buyumlari kolleksiyasini shakllantirish va saqlashdan iborat boʻlib, ular “Oʻzmilliybank” fondlarida jamlangan.

  • Koʻrgazma tadbirlarini tashkil etish orqali oʻzbek xalqini xorijiy mamlakatlar tasviriy va dekorativ-amaliy san’ati hamda foto san’ati asarlari bilan tanishtirish.

  • Oʻzbekistonda zamonaviy san’at rivojiga koʻmaklashish hamda zamonaviy tasviriy san’at ustalarining eng yaxshi yutuqlari va Oʻzbekiston xalqlari badiiy merosini targʻib qilish.

Funksiyalar

  • Galereya fondlarida tasviriy san’at, dekorativ-amaliy san’at, foto san’ati, numizmatika va arxeologiya buyumlarini saqlash hamda boyitib borish.

  • Oʻzbekiston tasviriy san’at, dekorativ-amaliy san’at, foto san’ati, numizmatika va arxeologiya yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha ilmiy asosda ishlab chiqilgan konsepsiyani inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Tasviriy san’at galereyasi fondlaridagi san’at asarlari koʻrgazmalarini tashkil etish, jahon san’atining eng yaxshi yutuqlarini namoyish qilish.

  • Turli xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribalari misolida jahon tasviriy san’ati rivojlanish tendensiyalarini ilmiy-metodologik jihatdan oʻrganish.

  • Yaqin va uzoq xorijdagi muzeylar hamda galereyalar bilan oʻzaro yaqin hamkorlikni tashkil etish.

Marketing xizmatlari markazi

Marketing xizmatlari markazi direktori:
Morozov Vladimir Vladimirovich

Vazifalar

  • Bank aydentikasini yaratish va joriy etish (brendbuk);

  • Offlayn va onlayn reklama kampaniyalarini tashkil etish;

  • Marketing rejalarini ishlab chiqish (media-reja, kontent-reja);

  • Bank reklama-axborot materiallarining dizaynini ishlab chiqish;

  • Bank mahsulotlari va xizmatlarning reklama va targ‘ibot ishlarini olib borish;

  • Bank biznes bo'linmalarining so'rovi bo'yicha raqobatchi banklarning bank mahsulotlari monitoringini o'tkazishni tashkil etish;

  • Ijtimoiy tarmoqlarda Bank rasmiy sahifalarini yuritish.

Funksiyalar

  • Bankning yagona brendini boshqarish va Bank ofislarini peshlavhalar va POS-materiallar bilan ta’minlash;

  • Bank ofislarini brendlangan reklama-axborot materiallari bilan ta’minlash;

  • Mavjud muammolar ustida ishlash va ularni bartaraf qilishda Bankning tegishli tarkibiy tuzilmalari mutaxassislari yordamida hal qilish;

  • Bank brendi va mahsulotlari haqidagi tasavvurlarni boshqarish;

  • Bank saytini doimiy yangilangan axborot bilan ta’minlash (aktuallashtirish);

  • Markaz vakolatiga tegishli bo‘lgan Bank ichki qoidalarini ishlab chiqish.

Tel: (78) 147-15-23

Transformatsion ofis

Alimov Baxodir Muradjanovich Transformatsiya ofisi boshqaruv dirеktori - “O‘zmilliybank” AJning BAA dagi vakolatxonasi rahbari

Vazifalar:

  • Bankning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash

  • Transformatsiya doirasida strategik, IT-loyihalar va mahsulotlarni boshqarish

  • Bank biznes jarayonlari va operatsion modelini ishlab chiqish va takomillashtirish

  • Bank rivojlanishining o‘rta va uzoq muddatli rejalarini hamda transformatsiya dasturini shakllantirish

  • Strategiya, tashabbuslar va KPI bajarilishini monitoring qilish, og‘ishlar va to‘siqlarni aniqlash

  • Barcha transformatsion tashabbuslarni muvofiqlashtirish va ularning bo‘linmalar o‘rtasida sinxronlashuvini ta’minlash

  • Yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini operatsion faoliyatga joriy etish

Funksiyalar:

  • Bank strategiyasi va transformatsiyasini boshqarish

  • Bankning strategik rivojlanish yo‘nalishlarini amalga oshirilishini ta’minlash

  • Strategik, IT-loyihalar va mahsulot tashabbuslari portfelini boshqarish

  • Yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy etishni muvofiqlashtirish

  • Biznes jarayonlarini optimallashtirish, avtomatlashtirish va samaradorligini oshirishni ta’minlash

  • Strategiya amalga oshirilishi va asosiy KPI ko‘rsatkichlarini monitoring qilish

  • Strategik tashabbuslar, dasturlar va loyihalar bajarilishini nazorat qilish

  • Bank biznes modeli, mahsulotlari va biznes jarayonlarini rivojlantirish

  • Transformatsiya dasturini yuqori darajada (rahbariyat darajasida) boshqarish va muvofiqlashtirish

Ipoteka kredit boshqarmasi

Boshqarma boshlig‘i:
Djulibekov Jasur Nurmatovich

Vazifalari:

  • Aholini uy-joy bilan ta’minlashni moliyalashtirish

  • Fuqarolarga ipoteka kreditlari ajratish orqali uy-joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya qilish jarayonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.

  • Ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish va ajratish jarayonlarini tashkil etish

  • Kredit arizalarini qabul qilish, ko‘rib chiqish, baholash va amaldagi tartiblar asosida kredit ajratilishini ta’minlash.

  • Raqamli texnologiyalar asosida ipoteka jarayonlarini avtomatlashtirish

  • Ipoteka kreditlash jarayonlarini axborot tizimlari orqali yuritish, xizmatlarni soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash.

  • Davlat dasturlari va imtiyozli ipoteka mexanizmlarini amalga oshirish Davlat tomonidan belgilangan ipoteka dasturlari, subsidiyalar va imtiyozlar asosida kreditlash jarayonlarini tashkil etish.

Funksiyalari:

  • Ipoteka kreditlarini ajratish tartibini tashkil etish va ijro etilishini nazorat qilish.

  • Uy-joy sotib olish, qurish va rekonstruksiya jarayonlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hududiy filiallar bilan muvofiqlashtirish.

  • Kredit rasmiylashtirish va ajratish jarayonlarini muvofiqlashtirish.

  • Ipoteka kreditlari yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish.

  • Kredit ajratish bo‘yicha qarorlarni tayyorlash va tasdiqlash.

  • Avtomatlashtirish va raqamli tizimlarni joriy qilish bo’yicha takliflarni o’rganib chiqish.

  • Ipoteka kreditlash jarayonlarini axborot tizimlari orqali yuritish.

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish va shaffofligini ta’minlash.

  • Davlat dasturlari va imtiyozli mexanizmlar

  • Ipoteka dasturlari va subsidiyalar bo‘yicha hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish.

Muammoli loyihalarni muvofiqqlashtirish departamenti

Dеpartamеnt dirеktori:
Zaidov Farrux Axrarovich

Vazifalar

  • Bankning muammoli krеditlar bilan ishlash qo‘mitasi tomonidan ro‘yxati aniqlangan (kеyingi o’rinlarda  –“Muammoli“) loyihalar bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, muammoga aylangan qarzdorliklar yuzasidan  sudga qadar, sud, tеrgov, majburiy ijro etish hamda bankrotlik jarayonidagi ishlarni samarali  muvofiqlashtirish, undiruvning individual yondoshuv sxemalarini ishlab chiqish, qarzdorlar faoliyatini muntazam monitoring qilish, garov ta’minoti bilan ishlashni takomillashtirish, qarzdorliklarni resrukturixatsiya qilish imkoniyatlarini ko’rib chiqish  hamda qarzdorliklarni undirilis samaradorligini oshirish choralarini ko’rish.

  • Chuqur tahlil o’tkazish, sifatli monitoringni yo’lga qo’yish, qarzdorlarning  moliyaviy sog‘lomlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish hamda boshqa ta’sirchan choralarni  qo‘llash orqali loyihalarni samarali muvofiqlashtirish va  natijada  Bank krеdit portfеlidagi Muammoli krеditlarning hajmi hamda  ulushini bosqichma-bosqich  kamaytirishga erishish.

  • Muammoli loyihalar bo‘yicha sudga qadar, sud, tеrgov, majburiy ijro etish hamda bankrotlik jarayonlarida  krеdit qarzdorliklarni undirish bilan bog’liq  Bank  xarajatlarini optimallashtirish va ularni  minimal darajaga  tushirishni  ta’minlash.

  • Muammoli loyihalar bo‘yicha sudga qadar, sud, tеrgov, majburiy ijro etish hamda bankrotlik jarayonida Bank foydasiga qabul qilingan qarorlarning o‘z muddatida  va samarali ijrosini  ta’minlashni muvofiqlashtirish.

  • Bankning Boshqaruvi organlari, nazorat organlari hamda boshqa bo‘linmalariga ularning so‘rovlariga binoan  muammoli kreditlarning holati to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni va hisobotlarni shakllantirish hamda  o’z vaqtida taqdim etishni ta’minlash.

           

Funksiyalari

  • Muammoli loyihalar bo‘yicha qarzdorliklarning  hajmi va ulushini kamaytirishga qaratilgan barcha choralarni shu jumladan chuqur tahlil, sifatli  monitoring, moliyaviy sog’lomlashtirish va individual yondashuv tadbirlarini o‘z muddatida muvofiqlashtirish va amalga oshirishni  ta’minlash.

  • Krеdit qarzdorliklarini undirilishida Xalqaro tajribalardan kеng foydalanishni joriy qilish.

  • Sudlarga da’vo arizalarini tayyorlashda, sudlarda Bank manfaatlarini himoya qilishda va sud ijrosi harakatlarida Departament xodimlarining ishtirokini ta’minlash.

  • Qarzdorliklarni so‘ndirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan sudga qadar, sud, tеrgov, majburiy ijro etish, bankrotlik jarayonlarida moliyaviy sog‘lomlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish va boshqa ta’sirchan choralarni qo‘llash orqali krеdit qarzdorliklarini so‘ndirish manbasini yaratishda ishtirok etish, vakolat doirasida monitoring qilish, tashkil etish va nazorat qilish.

  • Muammoli loyihalarni chuqur tahlil qilish, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida xalqaro standartlar asosida boshqarish tizimini joriy etishga ko‘maklashish, shu jumladan invеstitsiya risklarini baholash.

  • Muammoli loyihalar bo‘yicha krеdit qarzdorliklarini so‘ndirish manbasini yaratish maqsadida kelgusida salohiyatga ega bo‘lgan faoliyat yuritmayotgan yoki norеntabеl korxonalarni sog‘lomlashtirish uchun mahalliy va xorijiy invеstorlarni jalb etishga ko‘maklashish.

  • Vazirliklar, idora va tashkilotlar, mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qiluvchi, majburiy ijro byurosi organlari bilan hamkorlikda krеdit qarzdorliklarini so‘ndirishga, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish.

 

Kreditlarni monitoring va dastlabki undirish departamenti

Departament direktori:
Axmеdov Baxtiyar Eldarovich

Tel: (78)148-00-74

Vazifalari:

  • Bank hududiy Bosh boshqarmalari BXM/BXOlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar monitoringini ta’minlash va samarali tashkil etish, ular bo‘yicha kredit tavakkalchiligi darajasini aniqlash, oldini olish va nazorat qilish.

  • Bankning hududiy Bosh boshqarmalari BXM/BXOlari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilgan krеditlar ta’minotini samarali baholab borish va ta’minotning mavjudligi, holati, yetarliligini masofaviy hamda joyiga chiqqan holda tahlil qilishni tashkil etish va nazorat qilish. 

  • Bank kredit portfeli sifatini oshirish maqsadida bank hududiy Bosh boshqarmalari BXM/BXOlari tomonidan qarz oluvchilarning kreditlari bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilishi, shu jumladan ularning o‘z vaqtida to‘lanishi hamda ular uchun garov ta’minotining yetarli darajada taqdim etilishiga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini monitoringi olib borilishini nazorat qilish.

  • Kreditlarni masofaviy undirish (call-markaz faoliyati), qarzdorlarning muddati o‘tgan kredit qarzlarini to‘lash bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, bank hududiy Bosh boshqarmalari bilan birgalikda kreditlarni undirish bo‘yicha sudgacha tegishli choralarni o‘z vaqtida ko‘rish.

Funksiyalari:

  • Bank hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan berilgan kreditlarni monitoring qilish va dastlabki bosqichlarda undirish tizimini tashkil etish.

  • Yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan kreditlarni va/yoki garov holatini masofaviy va/yoki qarz oluvchining joylashgan joyiga chiqib monitoring o‘tkazish.

  • Bank hududiy Bosh boshqarmalar BXM/BXOlari hamda mijozlar o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomalari shartlarini qayta ko'rib chiqish (jumladan, to'lash muddatini uzaytirish) bilan bog'liq masalalarni hal qilish.

  • Kredit bo‘yicha garov ta’minotining bir qismini ozod qilish/kamaytirish/almashtirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.

  • Kreditlarni dastlabki bosqichda undirishning samarali mexanizmini tashkil etish.

  • Hududiy Bosh boshqarmalar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga berilgan kredit mablag'larini monitoring qilish ishlarini tashkil etish va nazorat qilish.

  • Bank hududiy Bosh boshqarmalari tomonidan berilgan kreditlarning qaytarilishini ta 'minlashga hamda bankning kredit portfelidagi muddati o'tgan kreditlar (1-90 kun) ulushini kamaytirishga qaratilgan ishlarini tashkil etish va nazorat qilish.

 

Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarmasi

Boshqarma boshlig‘i
Abdukarimov Mangubеrdi Ilxom o‘g‘li

Tel: (78) 129-02-74

 

Vazifalar

  • Xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar, investorlar va boshqa tashkilotlardan kredit liniyalari hamda resurslarni jalb qilish;

  • Xalqaro moliya institutlari, xorijiy banklar va investorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash;

  • Mahalliy va xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatish, Nostro/Loro hisobvaraqlarini ochish;

  • Bankning xorijiy moliya institutlari va investorlar bilan tashqi aloqalarini muvofiqlashtirish;

  • Xorijiy delegatsiyalar tashriflarini tashkil etish va uchrashuvlarni tayyorlash;

  • Donor davlatlar va xalqaro institutlar bilan grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha ishlarni olib borish;

  • Korrespondent banklar bo‘yicha limit va reytinglarni qayta ko‘rib chiqishni tashkil etish;

  • Xalqaro va milliy reyting agentliklari bilan aloqalarni yuritish. 

Funksiyalar

  • Kredit liniyalari va qarz mablag‘larini jalb qilish, joylashtirish, boshqarish va monitoring qilish;

  • Xorijiy kreditorlar bilan kredit shartlari va shartnomalarni ishlab chiqish hamda kelishish;

  • Jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha Bank majburiyatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;

  • Xorijiy banklar va xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar olib borish;

  • Mahalliy va xorijiy banklar bilan vakillik aloqalarini rivojlantirish;

  • Bank limitlari va reytinglari bo‘yicha hisob-kitoblar olib borish;

  • Reyting agentliklari bilan hamkorlikni tashkil etish va nazorat qilish;

  • Xalqaro forumlar, yig‘ilishlar va hukumatlararo komissiyalar uchun tayyorgarlik ko‘rish.

 

Kichik va o'rta biznes departamenti

Dеpartamеnt dirеktori
Abdugapparov Abdujabbor Shuxratovich

Tel: (78) 129-02-82

Departament vazifalari:

  • Bank xizmatlari markazlari/Bank xizmatlari ofislari (keyingi o‘rinlarda – “BXM/BXO”) tomonidan belgilangan limitdan ortiq miqdordagi kichik va o‘rta biznes subyektlarining loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish;

  • BXM/BXO tomonidan kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun osonlashtirilgan kredit mahsulotlari ajratish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish;

  • Faktoring xizmatlarini ko‘rsatish, savdo kreditlari ajratish, bo‘lib to‘lash bilan sharti bilan akkreditivlar (jumladan YeTTB kafolati ostida) ochish hamda Bank kafolatlari va zaxira akkreditivlari taqdim etish;

  • Kredit byurolari bilan kredit axborotining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishning tizimli tahlili va sifatini nazorat qilishni ta’minlash;

Departament funksiyalari :

  • BXM/BXO kichik va o‘rta biznes sub’ektlarining investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, aylanma mablag‘larni to‘ldirish, qurilish va rekonstruksiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, yengillashtirilgan kredit mahsulotlarini taqdim etish maqsadida milliy va xorijiy valyutada kreditlar ajratish limitlarini belgilash bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash;

  • BXM/BXO tomonidan belgilangan limitdan ortiq miqdordagi investitsiya loyihalarini, aylanma mablag‘lar va qurilishga ajratiladigan loyihalarning, yengillashtirilgan kredit mahsulotlarining ekspertiza natijalari bo‘yicha xulosalar tayyorlash va Bankning Kredit qo‘mitasida ko‘rib chiqish uchun kiritish;

  • Faktoring xizmatlarini ko‘rsatish, savdo kreditlari ajratish, bo‘lib to‘lash sharti bilan akkreditivlar (jumladan YeTTB kafolati ostida) ochish hamda Bank kafolatlari va zaxira akkreditivlari taqdim etish bo‘yicha murojaat qilgan mijozlarning kreditga layoqatliligi va moliyaviy holatini tahlil qilish;

  • Faktoring, savdo kreditlari, bo‘lib to‘lash sharti bilan ochiladigan akkreditivlar (jumladan YeTTB kafolati ostida ochiladigan akkreditivlar) hamda Bank kafolatlari va zaxira akkreditivlari bo‘yicha XMI, xorijiy banklar va boshqa moliya institutlarining narx parametrlarini olish;

  • Kredit ajratish bo‘yicha tegishli kollegial organlarning ijobiy qarorlariga muvofiq krеdit shartnomalari, garov sifatida qabul qilinadigan mol-mulk qiymatini kеlishish dalolatnomalari, kafillik shartnomalari hamda ularga qo‘shimcha kеlishuv shartnomalarini tayyorlash;

  • Bank hududiy Bosh boshqarma/BXM/BXO larining kreditlar berish to‘g‘risida mustaqil qaror qabul qilish uchun belgilangan limitlarga rioya etilishi ustidan masofadan nazoratni amalga oshirish;

  • Bank kredit mahsulotlari bo‘yicha kredit kartochkasining standart shakllarini yaratish;

Kompleans tavakkalchiligi bloki

Rahbar
Nurqulov Sadriddin Jamolovich

Vazifalar

  • Komplayens tavakkalchiligini aniqlash, monitoring qilish, nazorat qilishga doir tartib va jarayonlarni ishlab chiqish hamda joriy qilish.

  • Вank faoliyati, shu jumladan bankning yangi mahsulotlarini joriy qilish bilan bog‘liq komplayens tavakkalchiliklarini aniqlash va ular ustidan monitoring o‘rnatish.

  • Bank xodimlari tomonidan iqtisodiy sanksiyalar bilan ishlash sohasida qonun talablari va ichki hujjatlarga rioya qilinishini nazorat qilish.

  • Xorijiy moliya tashkilotlari va banklari bilan (Due diligence) yozishmalar olib borish, so‘rovnomalarga javob berish, muzokaralarda ishtirok etish, vakolatli banklar vakillari bilan iqtisodiy sanksiyalar doirasida xorijiy tajriba almashish maqsadida uchrashuvlarda ishtirok etish.

  • Bankning tegishli BXM va BXO mijozlari to‘lovlari yuzadan vakil banklardan xalqaro “Swift” timizi orqali kelgan so‘rovnomalarga (investigation) javoblarni o‘z vaqtida vakil banklarga yuborilishini nazorat qilish.

  • AQSh Moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC), Yevropa ittifoqi hamda Buyuk Britaniya tomonidan Rossiya sub’ektlariga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar hamda sanksiya ro‘yxatlarida yuzaga kelgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar yuzasidan BXM, BXOlar hamda Bosh ofisning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga tezkor axborot berib borilishini nazorat qilish.

  • BXM, BXOlarda norezident mijozlarga hisob raqam ochilishida ularga nisbatan iqtisodiy sanksiya cheklovlari mavjudligi aniqlash maqsadida ochiq manbalardan hamda “World Check” dasturi orqali o‘rganish va xulosa berilishini ta’minlash.

  • Blok vakolati doirasida Bank mijozlarining “Swift” tizimi orqali o‘tayotgan chet el valyutasidagi to’lovlarni “Swift Transaction Screening”, “World chek” va boshqa dasturlar orqali sanksiyalar ro‘yxatidagi mavjud ma’lumotlarga asoslangan holda skrining va tahlil qilishni ta’minlash.

  • Bank rahbariyatini tegishli qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy sanksiyalarga doir ma’lumotlar bilan operativ va tizimli ta’minlab boorilishini nazorat qilish.

  • Bankda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabablari va shartlarini bartaraf etish, korrupsiyani oldini olish tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan Davlat siyosatini, davlat va boshqa dasturlarni amalga oshirish.

  • Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish yo‘nalishida manfaatlar to‘qnashuvini o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish, tartibga solish, nazorat qilish tartibi va mexanizmlarini belgilash, Bank xodimlarini manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarga jalb qilish xavfini minimallashtirish, ushbu sohada Bankning Odob-ahloq komissiyasiga takliflar kiritish.

  • Korrupsiyani oldini olish hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish yo‘nalishlarida Bosh ofis, hududiy va tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini doimiy ravishda monitoring qilish va muvofiqlashtirish, ularda korrupsiyaga qarshi kurashish standartlari va mexanizmlarini joriy etish.

  • Bank rahbariyatining Bank faoliyatidagi qoidabuzarliklar faktlari bo'yicha topshiriqlariga muvofiq, tekshirishlar va xizmat tekshiruvlarini o'tkazish hamda tekshirish materiallarini huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish, shuningdek Bank xodimlari tomonidan Bank faoliyatining qonun hujjatlari, qoidalari, yo'riqnomalari va ichki tartib-qoidalari talablariga rioya etilishi masalalari bo'yicha tekshiruv o`tkazish;

Funksiyalar

  • Komplaens tavakkalchiligini boshqarish siyosatini ishlab chiqish va uni Bank Kuzatuv Kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.

  • Komplayens tavakkalchiligi yuzaga kеlganda, shu jumladan qonunchilik talablari buzilganda, Kuzatuv Kеngashi va bank boshqaruvini o‘z vaqtida xabardor qilishi va tеgishli tuzatuvchi choralarni taklif qilishini ta'minlash.

  • Monopoliyaga qarshi kurashish faoliyatining raqobat qonunchiligi talablariga muvofiqligini ta'minlash va nazorat qilish.

  • Chet el banklarining sanksiyalar sohasidagi tajribalarini o‘rganib, Bank rahbariyatiga nazorat qilish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish.

  • Sanksiya sohasidagi qonunchilik talablari, vakolatli organlarning amaldagi qoidalar va ichki hujjatlar talablari asosida choralar ko‘rish.

  • Mijozlar bazasida so‘rov bo‘yicha Blok vakolatiga kiruvchi sanksiyalar bilan bog‘liq shaxslarni aniqlash va tahlil qilish.

  • Korrespondent banklar va xorijiy banklardan kelib tushgan so‘rovlar bo‘yicha Bankning tegishli BXM va BXOlardagi mas`ul xodimlari tomonidan javoblarni o‘z vaqtida berilishini ta’minlash.

  • Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish masalalari bo‘yicha ichki qoida va hujjatlar loyihalarini, tahliliy, uslubiy va boshqa materiallarni ishlab chiqish.

  • Bankdagi korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar holatini monitoring va tizimli tahlil qilish, korrupsiya xavfiga moyil bo‘lgan sohalarda Bankning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, korrupsiyaviy xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish, ularning yashirin shakllarini aniqlash, shuningdek xodimlar tomonidan korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va shartlarini aniqlash va bartaraf etish.

  • Bankdagi korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining ISO 37001:2016 xalqaro aksilkorrupsiya standarti talablariga muvofiqligini ta’minlash.

  • Bank rahbariyatining Bank faoliyatidagi huquqbuzarlik faktlari bo'yicha topshiriqlari asosida taftish va xizmat tekshiruvlarini o'tkazish;

  • Bank rahbariyatiga taftish va rasmiy tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko'rish bo'yicha takliflar kiritish;

"Kеlajakka qadam" markazi

Dеpartamеnt dirеktori:
Xoshimov Elmurod Abdusattorovich

Telefon:
(78) 129-01-08

 

Vazifalari:

  • Oliy ta’lim tashkilotlari va tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda “Kelajakka qadam” dasturini amalga oshirish, Markazning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish.

  • Bitiruvchi va quyi bosqich talabalari bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, ularning ma’lumotlarini yig‘ish, tahlil qilish hamda ishga joylashish darajasini monitoring qilish.

  • Ochiq tanlovlar, “Talaba Expo” kasb ko‘rgazmalari va boshqa tadbirlarni tashkil etish hamda natijalari asosida ta’lim va rivojlanish dasturlarini (shu jumladan: xorijiy) moliyalashtirishni muvofiqlashtirish.

  • Talabalar va bitiruvchilar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes g‘oyalarni aniqlash, o‘quv-treninglar tashkil etish hamda biznes-reja va kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berish.

  • Talabalar loyihalarini moliyalashtirish uchun bank tizimi bilan integratsiyani ta’minlash, moliyaviy xizmatlar paketini targ‘ib qilish va ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish (shu jumladan, onlayn platformalar orqali).

Funksiyalari:

  • Talabalar, bitiruvchilar va ularning biznes g‘oyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish, tahliliy ishlarni amalga oshirish.

  • Tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, seminarlar va mahorat darslarini tashkil etish hamda loyihalarni qo‘llab-quvvatlash.

  • Moliyaviy xizmatlar paketini targ‘ib qilish, biznes-reja tuzish va kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berish.

  • Talabalar loyihalarini moliyalashtirish uchun bank hududiy bo‘linmalariga yo‘naltirish va startaplarni qo‘llab-quvvatlash.

  • Markaz faoliyati bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, muvofiqlashtirish va tegishli tashkilotlarga hisobotlar taqdim etish.

  • Oliy ta’lim tashkilotlari, ish beruvchilar va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida hamkorlik va axborot almashinuvini tashkil etish, onlayn platformalarni rivojlantirish.

  • Markaz faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha metodologik, tahliliy materiallar tayyorlash, xorijiy tajribani o‘rganish hamda jamoatchilikni axborot bilan ta’minlash.

Muammoli krеditlarni undirish va yuridik muvofiqlashtirish dеpartamеnti

Dеpartamеnt dirеktori

Iskanov Ikromjon Xoldorovich

Tel: (78)148-24-93

 

Departament vazifalari:

  • Bosh ofisning va Bankning Hududiy bo‘linmalarining, shu jumladan "balansdan tashqari" hisobvaraqlarda hisobga olinadigan muammoli kreditlarning samarali undirilishini ta’minlash va nazorat qilish.

  • NPL darajasini pasaytirish ishlarini tashkil etish va nazorat qilish hamda Bankning kredit resurslarini qaytarilishini ta’minlash.

  • Sud undiruvi jarayonidagi muammoli kreditlarni yuridik muvofiqlashtirilishini ta’minlash va nazorat qilish.

  • Bank foydasiga qabul qilingan sud qarorlarini o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Departament funksiyalari:

  • Muammoli kreditlarni boshqarish va Bank kredit portfelidagi muammoli kreditlar darajasini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va nazorat qilish.

  • Muammoli kreditlarga ega bo‘lgan qarz oluvchilarni baholashni tashkil etish va muammoli qarzlarni undirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

  • Muammoli qarzni qaytarish yoki muammoli kredit bo‘yicha huquqlarni (talablarni) amalga oshirishga qaratilgan suddan tashqari va sud tartib-taomillari va tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish.

  • Bankning mintaqaviy bo‘linmalarining muammoli qarzlarni undirish bo‘yicha samarali ishlarni ta’minlash bo‘yicha faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish.

  • Sud jarayonida muammoli kreditlarni yuridik qo‘llab-quvvatlash jarayonida Bank manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash.

Garov xizmati

Xizmat boshlig‘i o‘rinbosari:
Gazibеkov Tursunbеk Dilshadovich

Tel: (78)147-71-81

 

Xizmat vazifalari:

  • Garov mulklari bilan ishlash (taqiqdan yechish, o‘zgartirish, almashtirish va h.k.)

  • mulklarni bank balansiga qabul qilish ishlarini muvofiqlashtirilishini va nazorat qilish

  • Bank balansidagi kredit qarzdorliklari hisobiga olingan mulklarni sotish ishlarinin tashkillashtirish va nazorat qilish

  • Sotilgan garov mulklarini monitoringini amalga oshirish va nazorat qilish

Xizmat funksiyalari:

  • Garovlar hisobini yuritishni ta’minlash, garovlarni almashtirish, qisman va to‘liq ozod qilishda yuklamalar qo‘yish va bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Garov reyestriga kiritilishini nazorat qilish.

  • Garov bilan ta’minlangan qoplash uchun garovga qo‘yilgan mol-mulkni Bank balansiga qabul qilish tartib-taomilini tashkil etish va nazorat qilish.

  • Kredit qarzini qoplash uchun Bank balansiga qabul qilingan garov mulkini sotishda Bank yo‘qotishlarini minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish.

  • Bankning auksion savdolarida va balansga qabul qilingan mol-mulkni kredit, bo‘lib-bo‘lib to‘lash, lizing shartnomalari yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan boshqa bitimlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishda ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalarning harakatlarini muvofiqlashtirish

 

Mijozlarga xizmat ko‘rsatish markazi

Markaz rahbari
Xakimova Gulnoza Abdujabbarovna

Tel: (78)148-00-10

 

Vazifalar:

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini tashkil etish va monitoring qilish.

  • Mijozlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va tezkor javob berish. Tezkor javob berib bo’lmaydigan, o’rganilishi lozim bo’lgan murojaatlarni zarur holatlarda  Bankning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga yo‘naltirish.

  • Mijozlar bilan doimiy aloqa o‘rnatish va ularning ehtiyojlarini aniqlash.

  • Shikoyatlarni qabul qilish va ularni tezkorlik bilan hal qilish. Agar darhol javob berib bo‘lmaydigan, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan shikoyatlar bo‘lsa, ularni batafsil tahlil qilib, mijozga belgilangan muddat ichida asosli javob berish.

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda oshirib borish.

  • Xizmat ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish.

  • Biznes mijozlarga xizmat ko‘rsatish.

Funksiyalar:

  • Mijozlar bilan aloqa: Mijozlar bilan doimiy va samarali aloqani ta'minlash, telefon, elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa kanal orqali mijozlarning so‘rovlarini qabul qilish. Mijozlarning savollari, shikoyatlari va takliflarini eshitish va tezkor javob berish.

  • Mijozlarning so‘rovlarini qayta ishlash: Mijozlarning savol va muammolariga javob berish, ularga kerakli ma'lumotlarni taqdim etish. Mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulotlar bo‘yicha maslahatlar berish. Agar zarur bo‘lsa, muammolarni Bank tegishli tarkibiy bo‘linmalariga yo‘naltirish.

  • Shikoyatlarni ko‘rib chiqish: Mijozlarning shikoyatlarini qabul qilish va ularni hal qilish jarayonini boshqarish. Shikoyatlarni hal etishda tezkorlik va adolatni ta'minlash. Mijozlarga shikoyatlarini hal etish jarayonida yetarli ma'lumot va javoblar berish.

  • Mijozlarning ehtiyojlarini aniqlash: Mijozlarning ehtiyojlarini va istaklarini aniqlash, shunga ko‘ra xizmat yoki mahsulotlarni taklif qilish. Mijozlar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lib, ularning talablari asosida xizmat ko’rsatish sifatini takomillashtirish.

  • Xizmat ko‘rsatish sifatini monitoring qilish: Xizmat ko‘rsatish sifatini doimiy ravishda monitoring qilish va mijozlar tomonidan ko‘rsatilgan fikr-mulohazalarga asoslanib takomillashtirish. Xizmat ko‘rsatishning yuqori sifatini ta'minlash uchun ichki tahlillar va baholashlarni o‘tkazish.

  • Tadqiqot va rivojlanish: Mijozlar xizmatlari bo‘yicha yangi tendensiyalarni kuzatish va amaliyotlarga yangi yechimlar kiritish.

  • Xizmat ko‘rsatish va mahsulotni rivojlantirish: Mijozlarning fikrlarini inobatga olib, mavjud xizmat va mahsulotlarni takomillashtirish.

  • Bank mijozlari uzoq vaqt davomida aloqa liniyasida kutib qolmasligi uchun qo'ng'iroq navbatini boshqarish;

  • Xodimlarning ish faoliyatini baholash uchun suhbatlarni yozib olish;

  • Biznes mijozlar ro‘yxatini shakllantirishni tashkil etish va ular bilan aloqa o’rnatish;

  • Mijozlar murojaatlarini qabul qilish va mavjud muammolarni bartaraf etishda qatnashish;

  • Mijozlarga xizmat ko’rsatish markazi xodimlarining malakasini oshirish bo’yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;

  • Mijozlarga xizmat ko’rsatish markazi xodimlarini yangi bank mahsulotlari haqidagi ma’lumotga ega bo’lishlarini ta’minlash va nazorat qilish.

 

 

Korporativ boshqaruv xizmati

Korporativ boshqaruv xizmatining boshlig’i:
Fayziyev Tohir Botirovich

Telefon raqamlari:
78 -147-15-05

Vazifalari

  • Bank Boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari, bank Ustavi, bankning ichki hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va bank Kuzatuv Kengashining qabul qilingan qarorlari talablarini amalga oshirishda Bank Boshqaruv organlari hamda uning mansabdor shaxslariga  ko’maklashish;

  • Kuzatuv Kengashi va Bank boshqaruvi, bank organlari va qo’mitalari hamda boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasida o’zaro hamkorlikni tashkil etish;

  • Potentsial investorlar, biznes hamkorlar va boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan bankka bo’lgan ishonchni oshirishga ko’maklashish;

  • Bank Kuzatuv kengashi majlislarini o’tkazish rejalari loyihalarini tayyorlash; ko’rsatib o’tilgan rejalarni bank Kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etish va ularning ijrosini nazorat qilish.

  • Mas’ul shaxslar tomonidan bank Kuzatuv kengashi ko’rib chiqishi rejalashtirilgan masalalar bo’yicha materiallarning o’z vaqtida tayyorlanishini nazorat qilish;

  • Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga kun tartibi masalalari bo’yicha taqdim etiladigan materiallarni shakllantirish, bank Kuzatuv kengashi bayonnomalarida taqdim etilgan materiallarni qayta ishlash bo ‘yicha mas’ul shaxslar bilan o’zaro hamkorlik qilish;

  • Ilgari qabul qilingan qarorlar (topshiriqlar) ijrosini nazorat qilish va ushbu axborotni bank Kuzatuv Kengashiga yetkazish;

  • Bank Kuzatuv kengashi kotibi vazifalarini bajarish, shu jumladan bank Kuzatuv Kengashining bayonnomalari va tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish va imzolash;

  • Bank Kuzatuv kengashi bayonnomalaridan ko‘chirmalar taqdim etilishini tayyorlash va nazorat qilishni tashkil etish.

 

Funksiyalari

  • Bank Kuzatuv kengashi a’zolariga o’z vazifalarini bajarishda, shu jumladan bank faoliyati to’g’risidagi tegishli ma’lumotlar, hujjatlar va tahliliy materiallarni tayyorlash va taqdim etish yo’li bilan ko’maklashish;

  • Bank Kuzatuv Kengashining ish rejalarini, tegishli majlislari materiallari loyihalarini tayyorlash, bank Kuzatuv kengashi a‘zolarini tayyorlangan materiallar bilan ta’ minlash;

  • Bank Kuzatuv Kengashining majlislari bayonnomalarini va boshqa qarorlarini tayyorlash va rasmiylashtirish, ularni bank Kuzatuv kengashi a‘zolariga, bank boshqaruv organlariga, bank qo’mitalari va tarkibiy bo’linmalariga yetkazish;

  • Bank Kuzatuv Kengashiga ko’rib chiqish uchun bank tomonidan tayyorlangan bank siyosati loyihalari, kredit berish, tavakkalchiliklarni, aktivlar va passivlarni, xodimlarni boshqarish, investitsiyalarni amalga oshirish va yangi xizmatlarni joriy etish, shuningdek bank faoliyatining yillik natijalari, foydani taqsimlash tartibi, zararlarni qoplash, yillik biznes-reja va Kuzatuv kengashi vakolatiga kiradigan boshqa tegishli hujjatlarni kiritish va keyinchalik tasdiqlash;

  • Bank boshqaruvi hisobotlarini, ichki audit va ichki nazorat xizmati rahbarlarining ma’ruzalarini eshitish uchun materiallar tayyorlashni tashkil etish;

  • Bank Kuzatuv kengashi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qabul qilingan qarorlarining bajarilishi monitoringining ta’sirchan mexanizmini joriy etish, monitoring yakunlari bo’yicha bank Kuzatuv Kengashiga tahliliy va ko’rib chiqish materiallarini tizimli asosda kiritish;

  • Korporativ boshqaruvni takomillashtirishga, boshqaruv, nazorat organlari va bankning ijro etuvchi organlari o’rtasidagi o’zaro hamkorlik samaradorligini oshirishga qaratilgan qoidalar va tartib-taomillarni ishlab chiqish va joriy etishni boshlash;

  • Bankning tegishli tarkibiy bo’linmalari bilan birgalikda bank Nizomi loyihalarini, unga o’zgartirish va qo’shimchalar, bankning ustav kapitalini o’zgartirish to’g’risidagi takliflarni, shuningdek qonun hujjatlarida bank muassisi va/yoki Kuzatuv kengashi vakolatiga kiritilgan boshqa qarorlarni tayyorlashni tashkil etish;

  • Bank Aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi bayonnomalari va bank Kuzatuv kengashi bayonnomalari saqlanishini ta’ minlash.

Data Ofis

Director:
Abdraimova Akbota Narimanovna

"Data Office"ning vazifalari

"Data Office"ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Ma’lumotlar, tahlil va sun’iy intellektni boshqarish strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish.

  • Korporativ ma’lumotlar arxitekturasi, ma’lumotlar platformasi va yagona ma’lumotlar omborini yaratish va rivojlantirish.

  • Ma’lumotlarning sifati, ochiqligi, shaffofligi va xavfsizligini ta’minlash.

  • Tahliliy vositalarni, BI hisobotlarini ishlab chiqish va ma’lumotlar asosida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash.

  • Ma’lumotlarga egalik qilish va ma’lumotlar uchun javobgarlik tamoyillarini joriy etish.

  • Mashinali o‘rganish va sun’iy intellekt modellarini ishlab chiqish va joriy etish.

  • Bankning barcha bo‘linmalarida ma’lumotlarni boshqarish tamoyillarini joriy etish.

  • Ma’lumotlar, tahlil va AI/ML loyihalarini boshqarish.

  • Xodimlarning raqamli savodxonligini oshirish va Data & AI kompetensiyalarini rivojlantirish.

  • Ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va integratsiyalash jarayonlarini tashkil etish.

  • Ma’lumotlar, tahlil va sun’iy intellekt sohasidagi loyihalarni boshqarish.

  • Raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

  • Barcha bo‘linmalarda ma’lumotlar bilan ishlashning yagona standartini shakllantirish.

"Data Office"ning funksiyalari

  • Ma’lumotlar arxitekturasi, ma’lumotlar omborlari va oqimlarini loyihalash va qo‘llab-quvvatlash.

  • ETL/ELT jarayonlari va ma’lumotlar quvurlarini ishlab chiqish, optimallashtirish va qo‘llab-quvvatlash.

  • DWH, Data Lake, Lakehouse va tahliliy vitrinalarni yaratish va rivojlantirish.

  • Metama’lumotlar, ma’lumotlar katalogi va asosiy ma’lumotlarni (MDM) boshqarish.

  • Ma’lumotlar sifatini ta’minlash, nazorat va monitoring qoidalarini joriy etish.

  • Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, kirishni nazorat qilish va talablarga muvofiqlik.

  • BI-hisobotlar, boshqaruv panellari va tahliliy modellarni ishlab chiqish.

  • Asosiy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish, bashorat qilish, modellashtirish va hisoblash.

  • ML/AI modellari, intellektual xizmatlar va algoritmlarni yaratish va joriy etish.

  • Modellarni ishlatish uchun ML Ops/AI Ops jarayonlarini tashkil etish.

  • Data, Analytics, ML & AI yo‘nalishlarida loyihalarni boshqarish.

  • Ma’lumotlar va tahlil bo‘yicha biznes bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik.

  • Xodimlarni ma’lumotlar, tahlil va AI/ML texnologiyalari bilan ishlashga o‘rgatish.

  • Yangi texnologiyalarni ekspertizadan o‘tkazish va Bankning raqamli transformatsiyasida ishtirok etish.

  • Barcha bo‘linmalarda ma’lumotlar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtirish.

  • Ma’lumotlar va sun’iy intellektdan foydalanadigan mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatlash.

  • Bank ichida ma’lumotlar madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish.

Yаgona sеrvis markazi

Dirеktor birinchi o‘rinbosari:
Mirahmеdov Miraziz Mirsidiq o‘g‘li

Vazifalar

  • Bank balansining buxgalteriya registrlarida o‘rnatilgan buxgalteriya hisobi qoidalariga muvofiq ichki operatsiyalarini ishonchli va o‘z vaqtida aks ettirish, hisobotlarni tuzish va foydalanuvchilarga taqdim etish;

  • Bankda soliq hisobini qonunchilikka muvofiq, to‘liq va ishonchli yuritish, soliq to‘lovchi sifatida majburiyatlarini o’z vaqtida bajarish hamda soliq tavakkalchiliklarini minimallashtirish;

  • Bankda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonun tartib-taomillariga hamda ushbu sohaga oid bank ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq ishlarni tashkil etish va xaridlar bo‘yicha hujjatlar to‘plamini shakllantirish va tasdiqlash;

  • Bankning amaliyot bo‘linmalarida xo‘jalik ishlarini talab darajasida yuritilishini va muhandislik qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etishni ta‘minlash, hududlardagi mavjud bino va inshootlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash va binolardan foydalanishni tashkil etish. (binolar ekspluatatsiyasini yuritish, kerakli asbob-uskunalar, qurilma va jihozlar bilan ta’minlash);

Funksiyalar

  • Birlamchi buxgalteriya hujjatlariga muvofiq bank ichki hisobvaraqlarida buxgalteriya hisobining o‘z vaqtida va to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash. Ijro etish uchun olingan birlamchi hujjatlarni mazmuni va rasmiylashtirilishining to‘g‘riligini tekshirish, tegishli tartibda bank ichki hisobvaraqlarni ochish, markazlashtirilgan xo‘jalik amaliyotlarini balansda aks ettirilishini ta’minlash hamda ishonchnomalarni rasmiylashtirish;

  • Bank doirasida debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish, ular bo‘yicha solishtirma dalolatnomalarini rasmiylashtirish, xo‘jalik operatsiyasining tashabuskori bo‘lgan Bosh ofis tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda qarzni o‘z vaqtida yopish choralarini ko‘rish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga muvofiq belgilangan tartibda soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tayyorlash, elеktron shaklda taqdim etish va soliq to 'lovlarini amalga oshirish, soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va bank ichki hujjatlariga joriy etish;

  • Bankda mavjud talab darajasidan kelib chiqib, yillik xaridlar rejasini shakllantirish va uni Bankning rasmiy veb-saytiga joylashtirish;

  • Tovarlar, ishlar va xizmatlar yuzasidan bozor narxlarining marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda Bankda markazlashgan xaridlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish;

  • Bankning amaliyot bo‘linmalarida xo‘jalik ishlarini talab darajasida yuritilishini va muhandislik qurilmalarini ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etishni ta‘minlash;

  • Bankning amaliyot bo‘linmalarida mavjud binolarga taalluqli obyektlarning loyiha-smеta hujjatlarini tayyorlash va ijrosi o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash hamda o‘rnatilgan tartibda loyiha-smеta hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishini tashkillashtirish;

  • Kapital qurilish va kapital ta’mirlash ishlarini tashkillashtirish, har yili kapital ta’mirlash ishlari doirasida tuziladigan manzilli dasturni shakllantirilishida qatnashish va muddatida umumlashtirilishini nazoratga olish;


Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

onlayn

Xabar yuborildi

Qaytish bo\'shliqlar ro'yhatiga



Javob foydali bo'lsa, xursand bo'lamiz!

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU

Texnik qo'llab-quvvatlash NBU