Respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan joriy yilning 28-iyulidan 6-sentabriga qadar respublika bo‘ylab “Dolzarb 40 kun” tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Bu kabi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi PQ–120-son qarori ijrosi yuzasidan tashkil etilgan.
Tadbir doirasida hududlarda obodonlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari olib borilib, mahallalardagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari, bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ham o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Milliy banki vakillari ham hududlardagi o‘rganishlarda ishtirok etib, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan masalalarni ko‘rib chiqmoqda.