Faktoring
Jo‘natma uchun kechiktirilgan to‘lov asosida, garovsiz moliyalashtirish
To‘liq xizmatlar spektri
Keng turdagi faktoring mahsulotlari
Individual yondashuv
Har bir mijozning alohida baholanishi
Ta’minotsiz
Ichki va import faktoring — garovsiz
Kredit shartlari
Turlari | Reversiv va Klassik, ochiq yoki yopiq shaklda, regress huquqi bilan yoki regresssiz |
Moliyalashtirish valyutasi | O‘zbek so‘mi |
Moliyalashtirish summasi | Reversiv faktoring: xaridor (debitor)ning so‘nggi 12 oydagi sof tushumidan kelib chiqib belgilanadi. Klassik faktoring: yetkazib beruvchining so‘nggi 12 oydagi sof tushumi va xaridorning moliyaviy holatidan kelib chiqib belgilanadi |
Muddati | 90 kungacha |
Bank komissiyasi | 1–15 kun — 1,3%; 16–30 kun — 2,2%; 31–45 kun — 3,1%; 46–60 kun — 4,0%; 61–75 kun — 4,9%; 76–90 kun — 5,8%. |
Ta’minot | Talab etilmaydi |
Turlari | Eksport va Import faktoringi |
Moliyalashtirish valyutasi | Eksport va import shartnomalarining valyutasida |
Moliyalashtirish summasi | Eksport faktoringi: xorijiy bank-korrespondent kafolati summasi yoki eksport shartnomalari bo‘yicha ochilgan (bekor qilinmaydigan) akkreditiv doirasida belgilanadi. Import faktoringi: xaridor (debitor)ning so‘nggi 12 oydagi sof tushumidan kelib chiqib belgilanadi |
Muddati | 180 kungacha |
Bank komissiyasi | 180 kungacha bo‘lgan muddat uchun xorijiy valyutadagi kreditlar foiz stavkasining 50%dan kelib chiqib, haqiqatda faktoring xizmatidan foydalanilgan kunlar soniga hisoblanadi |
Ta’minot | Eksport faktoringi: xorijiy bank-korrespondent kafolati yoki ochiq (bekor qilinmaydigan) akkreditiv; Import faktoringi: ta’minotsiz |